O'zbekiston respublika valyuta birzhasi

"O'zbekiston respublika valyuta birzhasi" AZh O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 22 noyabrdagi 297-sonli “O'zbekiston Respublikasida chet el valyutasini erkin sotib olish va sotishni tashkil etish hamda erkin almashtiriladigan valyuta bilan savdo qilishni kengaytirish choralari haqida" gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 29 fevraldagi 66-f-sonli farmoyishiga muvofiq, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash, ichki va tashqi valyuta bozori kon'yunkturasi o'zgarishiga tezkor zhavob qaytarish maqsadida 1992 yil 12 mayda tashkil etilgan.

Birzha chet el valyutani, davlat qimmatli qog'ozlarini, moliyaviy instrumentlarni (derivativlarni) sotib olish va sotish va ular bilan bog'liq boshqa birzha operaciyalari bo'yicha birzha savdolari, shuningdek banklararo pul bozori hamda Markaziy bankning tizhorat banklari bilan kredit va depozit aukcionlari tashkilotchisi - respublikadagi yagona ko'p funkciyali birzha maydonchasi hisoblanadi.

O'zbekistondagi uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelaetgan uyushgan valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha banklararo savdo sessiyalari, Markaziy bankning valyutaviy svop aukcionlari va dilerlar o'rtasida svop operaciyalari o'tkaziladi.

Pul bozori tizhorat banklarining qisqa muddatli pul mablag'larini zhalb qilish va zhoylashtirish bo'yicha banklararo pul bozori, shuningdek Markaziy bankning depozit aukcionlaridan tashkil topgan.

Davlat qimmatli qog'ozlari bozorida O'zbekiston Respublikasining g'aznachilik mazhburiyatlari va obligaciyalarini, shuningdek Markaziy bankining obligaciyalarini muomalaga chiqarish va zhoylashtirish amalga oshiriladi. Mazkur bozorda shuningdek to'g'ridan-to'g'ri REPO aukcionlari hamda dilerlar o'rtasidagi REPO operaciyalar o'tkaziladi.