Hizmatlar turlari

Oʼzbekiston respublika valyuta birjasi tomonidan koʼrsatiladigan xizmatlar roʼyxati

1. Savdolarning quyidagi turlarini tashkil etish va oʼtkazish:chet el valyutasi oldi-sotdisi boʼyicha banklararo birja savdolari;
davlat qimmatli qogʼozlari boʼyicha auktsionlar va ikkilamchi savdolar;
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit va kredit auktsionlari;
pul mablagʼlarini joylashtirish va jalb etish boʼyicha banklararo savdolar;
hosilaviy moliya instrumentlari (derivativlar) boʼyicha birja savdolari.
2. Davlat qimmatli qogʼozlarni saqlash va ularga boʼlgan huquqlar hisobini yuritish.
3. Chet el valyutasi va soʼmdagi birja bitimlari, shuningdek davlat qimmatli qogʼozlari bilan bitimlar boʼyicha kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish.
4. Birja bozori koʼrsatkichlarini shakllantirish va doimiy ravishda birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirish.
5. Tuzilgan bitimlarni rasmiylashtirish uchun shartnomalar va hujjatlarning namunaviy shakllarini birja savdo qoidalariga muvofiq ishlab chiqish.
6. Savdo qatnashchilarini birja savdolari yakunlari toʼgʼrisidagi tegishli axborot bilan taʼminlash.
7. Birja savdolari ishtirokchilariga zarur boʼlgan maslahat va boshqa turdagi xizmatlarni koʼrsatish.

I. Birja savdolarini tashkillashtirish boʼyicha xizmatlar:
1. Dilerlarga bevosita savdo zalidan yoki treyderlarning ish joyidagi uzoqlashtirilgan savdo terminallari orqali birja segmentlari boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
2. Dasturiy taʼminot va avtomatlashtirilgan majmualarni ishlab chiqish va joriy etish hamda ularning texnik sozligini taʼminlash.
3. Muntazam ravishda maslahatlashuvlar oʼtkazish va oʼquv-seminarlarini tashkil etish orqali treyderlarning kasbiy malakasini yuqori saviyada boʼlishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish.

II. Davlat qimmatli qogʼozlari (DQQ)ga boʼlgan huquqlar hisobini yuritish va ularni saqlash boʼyicha xizmatlar:
1. Savdo tizimida har bir Diler va uning Investorlari uchun alohida “depo” hisobvaraqlarni ochish va yuritish.
2. DQQning alohida har bir chiqarilishi boʼyicha Dilerlarning “depo” hisobvaraqlarini yuritish.
3. Birlamchi yoki ikkilamchi savdolar natijalari boʼyicha DQQni Diler va Investorlarning “depo” hisobvaraqlariga oʼtkazish.
4. Savdo tizimida tuzilgan bitim natijalariga koʼra “depo” hisobvaraqlari boʼyicha oʼtkazmalarni amalga oshirish.
5. Savdo tizimida tuzilgan bitim natijalariga koʼra Dilerlarga “depo” hisobvaraqlaridan koʼchirmalarni taqdim etish.
6. Dilerning “depo” topshiriqnomasiga binoan Investor oldi-sotdi bitimini amalga oshirmasdan DQQ oʼtkazmalarini amalga oshirish.
7. Garov shartnomalari boʼyicha DQQni blokirovka qilish va blokirovkadan chiqarish.
8. Taqdim etilgan “depo” topshiriqnomasi asosida DQQni Diler va Investorlar “depo” hisobvaragʼlarining “REPO bitimlari boʼyicha blokirovka qilingan” boʼlimiga oʼtkazish.
9. REPO bitimlari natijalari asosida DQQni xaridor hisoblangan Dilerning “depo” hisobvaragʼi “REPO bitimlari boʼyicha blokirovka qilingan” boʼlimiga oʼtkazish.
10. Аmalga oshirilgan operatsiyalar boʼyicha Diler yoki Investor “depo” hisobvaraqlarining holati toʼgʼrisida tegishli koʼchirmalarni taqdim etish.

III. Birja savdolarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish boʼyicha xizmatlar:
1. Turli birja segmentlari boʼyicha Dilerlarga milliy va xorijiy valyutada alohida shaxsiy-hisobraqamlarini ochish.
2. Barcha birja segmentlari boʼyicha Dilerlarning savdo tizimida roʼyxatga olingan moliya instrumentlari oldi-sotdisi bitimlarining hisobini yuritish.
3. Birja savdolari natijalariga koʼra Dilerlarning soʼm va chet el valyutasidagi netto-pozitsiyalari boʼyicha kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish.
4. Dilerlarning shaxsiy-hisobraqamlaridan koʼchirmalarni taqdim etish.