“OʼzRVB” АJ aʼzolari diqqatiga

“Oʼzbekiston respublika valyuta birjasi” АJ Kuzatuv kengashi yigʼilishining 2021-yil 29-yanvardagi qarori (243-sonli bayon) bilan “Oʼzbekiston respublika valyuta birjasining chet el valyutasi oldi-sotdisi boʼyicha birja savdolari qoidalari” tasdiqlandi va “Oʼzbekiston respublika valyuta birjasida vositachilik mukofoti (yigʼimlar) undirish tartibi”ga oʼzgartirishlar kiritildi.
Shu bilan birga, 2021-yil 15-fevraldan boshlab, valyuta oldi-sotdisi boʼyicha birja savdolari “Oʼzbekiston respublika valyuta birjasining chet el valyutasi oldi-sotdisi boʼyicha birja savdolari qoidalari” asosida oʼtkazilishini maʼlum qilamiz.